YangiodatSaytga o'tish →
Hisob boshqaruvi

Hisobni o'chirish

Yangiodat hisobini o'zingiz, bir daqiqada, hech kimdan so'ramasdan o'chira olasiz. Bu sahifa aynan qanday qilishni, nima o'chirilishini va nima qolishini tushuntiradi.

Oxirgi yangilanish: 2026-10-06

Mundarija

  1. 01Ilova ichida o‘chirish
  2. 02Saytda o‘chirish
  3. 03Nima o‘chiriladi
  4. 04Nima qoladi
  5. 05Muddat
  6. 06Muqobil: so‘rov yuborish
  7. 07O‘chirishdan oldin

01Ilova ichida o‘chirish

«Yangiodat» ilovasida (iOS va Android) yo'l bir xil:

  1. 1
    Ilovani oching
    Yangiodat ilovasiga o‘chirmoqchi bo‘lgan hisobingiz bilan kiring.
  2. 2
    Profil
    Pastki panelda «Profil» bo‘limini tanlang.
  3. 3
    Sozlamalar
    Profil sahifasida «Sozlamalar» tugmasini bosing.
  4. 4
    «Hisobni o‘chirish»
    Sozlamalarning «Hisob» qismida «Hisobni o‘chirish» tugmasini bosing.
  5. 5
    Tasdiqlang
    Ochilgan oynada «O‘CHIRISH» so‘zini yozib, «O‘chirish» tugmasini bosing.

Qisqacha: Ilova → Profil → Sozlamalar → «Hisobni o'chirish» → tasdiqlash.

02Saytda o‘chirish

Saytda ham xuddi shu tugma bor: Sozlamalar → «Hisob va kirish»→ «Hisobni o'chirish» → @username bilan tasdiqlash. Sayt va ilova bitta hisob — qaysi birida o'chirsangiz ham, ikkalasida o'chadi.

03Nima o‘chiriladi

Tasdiqlaganingizdan keyin quyidagilar o'chiriladi:

  • hisobning o'zi va kirish bog'lanishlari (Google, Apple, Telegram);
  • profil: ism, @username, profil rasmi, email, Telegram identifikatori;
  • challenge belgilashlari, seriyalar, ballar, reytingdagi o'rin;
  • klub faoliyati: qadamlar, yurish/yugurish mashg'ulotlari va GPS marshrutlari, o'qish sessiyalari;
  • moliya yozuvlari, duellar, fikrlar, talent-stack g'oyalari;
  • yuklangan fayllar: rasmlar, isbotlar, PDF kitoblar;
  • push tokenlari va qurilmalar ro'yxati;
  • Pro obuna holati.

To'liq ro'yxat Maxfiylik siyosatining 3-bo'limida keltirilgan.

04Nima qoladi

Faqat klub va marafonlarning anonim, umumlashtirilganstatistikasi qoladi — masalan, marafonda nechta kishi qatnashgani va umumiy masofa. Bu raqamlarda sizni aniqlash mumkin bo'lgan hech narsa yo'q.

To'lov provayderlari (Click, Payme) o'z tomonidagi to'lov yozuvlarini o'z qoidalari va qonun talablari bo'yicha saqlaydi — ular bizning nazoratimizda emas.

05Muddat

Ilova yoki sayt ichidan o'chirish darholbajariladi: tasdiqlagan zahoti hisob yopiladi va ma'lumotlar o'chiriladi. Kutish, tasdiqlash xati yoki «sovutish muddati» yo'q.

06Muqobil: so‘rov yuborish

Ilovaga kira olmasangiz (masalan, provayder hisobingizni yo'qotgan bo'lsangiz), o'chirishni so'rov orqali ham qilish mumkin:

  1. t.me/yangiodat_support ga yozing.
  2. Hisobga Telegram ulangan bo'lsa — aynan o'sha Telegram hisobidan yozing; shu tasdiq uchun yetarli.
  3. Telegram ulanmagan bo'lsa — ismingiz va @username'ingizni yozing; kerak bo'lsa qo'shimcha tasdiq so'raymiz (masalan, kirgan email).

So'rov 7 kun ichida bajariladi va sizga javob yoziladi.

07O‘chirishdan oldin

O'chirish qaytarib bo'lmaydi.Seriyalar, ballar, klub natijalari va yuklangan fayllar tiklanmaydi. Qayta kirsangiz — butunlay yangi, bo'sh hisob ochiladi.
Pro'ning qolgan kunlari qaytarilmaydi.Obuna muddati tugashini kutib, keyin o'chirish mumkin.

Faqat bildirishnomalar bezovta qilayotgan bo'lsa — hisobni o'chirish shart emas: Sozlamalar → «Xabarnomalar» da ularni o'chiring. Faqat Telegram, Google yoki Apple bog'lanishini uzmoqchi bo'lsangiz — Sozlamalar → «Hisob va kirish».

Shuningdek:Maxfiylik siyosati →Foydalanish shartlari →
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariHisobni o'chirish
Qo'llab-quvvatlash

© 2026 Yangiodat · www.yangiodat.uz · Savollar uchun: t.me/yangiodat_support