Maxfiylik siyosati
Bu sahifa Yangiodat sayti (www.yangiodat.uz) va «Yangiodat» mobil ilovasi (iOS va Android) uchun amal qiladi. Qisqa va to'g'ri: nimani yig'amiz, nega yig'amiz, kimga beramiz va siz nimani boshqara olasiz.
Oxirgi yangilanish:
01Kim javobgar
Ma'lumotlaringizga Yangiodat platformasi egasi javob beradi (keyingi o'rinlarda — «biz»). Platforma www.yangiodat.uzsaytidan va «Yangiodat» ilovasidan iborat; ikkalasi bitta hisob va bitta ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydi.
Har qanday savol, so'rov yoki shikoyat uchun aloqa kanali bitta — t.me/yangiodat_support.
02Kirish va hisob ma'lumotlari
Yangiodat'ga faqat uchta usul bilan kiriladi: Google, Apple yoki Telegram(rasmiy OpenID Connect orqali). Email, parol, telefon raqami yoki SMS bilan ro'yxatdan o'tish yo'q — shuning uchun biz hech qachon parol saqlamaymiz.
Birinchi kirishda provayderdan quyidagilar olinadi va hisobingizda saqlanadi:
- Foydalanuvchi identifikatori — hisobni ajratib turadigan ichki UUID;
- Ism — provayder bergan ismdan boshlanadi, keyin o'zingiz o'zgartirasiz;
- Foydalanuvchi nomi (@username) — avtomatik beriladi;
- Profil rasmi — tayyor rasmlardan tanlaysiz yoki o'zingiznikini yuklaysiz;
- Email — faqat provayder bersa (Google, Apple). Boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi;
- Telegram identifikatori — Telegram orqali kirgan yoki ulagan bo'lsangiz. Boshqalarga ko'rinmaydi.
Bir hisobga bir necha provayderni ulash mumkin (Sozlamalar → «Hisob va kirish»). Ulangan har bir provayder uchun faqat uning identifikatori saqlanadi; provayderdagi kontaktlar, xabarlar yoki boshqa ma'lumotlaringizga kirish so'ralmaydi.
03Foydalanishda hosil bo'ladigan ma'lumot
Platformadan foydalanganingizda quyidagi yozuvlar hosil bo'ladi. Ularning barchasi xizmatning o'zini ishlatish uchun kerak — challenge'ni hisoblash, reytingni chiqarish, klub natijasini yopish — boshqa maqsadda ishlatilmaydi:
- challenge'lardagi kunlik belgilashlar, seriyalar (streak), muzlatish va pauzalar;
- ballar va reytingdagi o'rin;
- klub faoliyati — qadamlar, yurish/yugurish mashg'ulotlari va ularning GPS marshrutlari (4-bo'limga qarang), o'qish sessiyalari, tong belgilashlari;
- moliya bo'limidagi xarajat yozuvlari — faqat sizga ko'rinadi;
- duellar, ularning natijasi va yuklangan isbot rasmlari;
- fikrlar bo'limidagi yozuvlaringiz va talent-stack g'oyalari;
- yuklangan fayllar — profil rasmi, «oldin/keyin» rasmlari, isbot rasmlari, PDF kitoblar;
- bildirishnoma uchun qurilma tokeni (push ruxsat bergan bo'lsangiz);
- kirgan qurilmalar ro'yxati (brauzer/qurilma nomi, oxirgi faollik) — Sozlamalar → «Qurilmalar» da ko'rasiz va o'chira olasiz.
Biz reklama identifikatorlari, aloqa kitobi, qo'ng'iroqlar, SMS yoki boshqa ilovalar haqidagi ma'lumotni yig'maymiz.
04Joylashuv (GPS)
Joylashuv faqat klublardagi yurish va yugurish mashg'ulotini yozib olishuchun ishlatiladi. Ilova joylashuvni «faqat ilova ochiq paytda» rejimida so'raydi:
- yozish siz «Boshlash» tugmasini bosganingizda boshlanadi va «Tugatish» bosganingizda to'xtaydi;
- yozilgan marshrut nuqtalari o'sha mashg'ulotning bir qismi sifatida saqlanadi — masofa va tezlikni hisoblash, marshrutni sizga ko'rsatish uchun;
- mashg'ulotdan tashqarida joylashuv kuzatilmaydi va saqlanmaydi;
- ruxsat bermasangiz ham ilova to'liq ishlaydi — faqat yurish/yugurish marshruti yozilmaydi.
Ruxsatni istalgan vaqtda qurilma sozlamalaridan qaytarib olishingiz mumkin.
05Rasm va fayllar
Kamera va galereyaga faqat siz rasm tanlaganingizda murojaat qilinadi: profil rasmi, duel isboti, «oldin/keyin» rasmlari. Galereyangiz skanerlanmaydi — faqat o'zingiz tanlagan fayl yuklanadi. Kutubxonaga yuklagan PDF kitoblaringiz o'z hisobingizda saqlanadi.
06To'lovlar
Pro obuna Click yoki Paymeorqali to'lanadi. To'lovning o'zi to'lov provayderining sahifasida amalga oshadi. Biz karta raqamini, muddatini yoki CVV kodini hech qachon ko'rmaymiz va saqlamaymiz.
Bizda faqat buyurtma yozuvi qoladi: buyurtma raqami, tarif (necha oy), summa, to'lov usuli, holati va vaqti.
07Bildirishnomalar
Eslatmalar faqat push orqali keladi: ilovada Firebase Cloud Messaging (Android) va Apple Push Notification service (iOS), saytda Web Push. Buning uchun qurilmangizning push tokeni saqlanadi.
Bildirishnomalarni Sozlamalar → «Xabarnomalar» da o'chirsangiz, token o'chiriladi. Telegram boti orqali shaxsiy xabar yuborilmaydi.
08Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmatni ishlatish uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz. Ularning har biri faqat o'z vazifasi uchun zarur ma'lumotni oladi:
| Xizmat | Nima uchun |
|---|---|
| Supabase | Ma'lumotlar bazasi, autentifikatsiya, fayl saqlash |
| Vercel | Sayt va server funksiyalarini joylashtirish (hosting) |
| Google orqali kirish; Firebase Cloud Messaging (Android push) | |
| Apple | Sign in with Apple; APNs (iOS push) |
| Telegram | Telegram orqali kirish (OpenID Connect) |
| Click, Payme | Pro obuna to'lovi |
09Boshqalarga ko'rinadigan ma'lumot
Yangiodat — jamiyat. Quyidagilar boshqa a'zolarga va mehmonlarga ko'rinadi:
- ism, @username va profil rasmi;
- ballar, seriyalar (streak) va reytingdagi o'rin;
- klub natijalari va marafon jadvalidagi o'rningiz;
- ochiq challenge'lardagi ishtirok, duel natijalari va kartochkalari;
- fikrlar bo'limida o'zingiz e'lon qilgan yozuvlar.
Quyidagilar esa faqat sizga ko'rinadi:
- moliya bo'limidagi xarajat yozuvlari va hisobotlar;
- «Tiyilish» challenge'i — ishtirok ham, tahlil ham maxfiy;
- email, Telegram identifikatori, qurilmalar ro'yxati, to'lov buyurtmalari.
10Qancha vaqt saqlanadi
Ma'lumotlar hisobingiz mavjud ekan saqlanadi. Hisobni o'chirsangiz — hisob va unga bog'liq shaxsiy ma'lumotlar (profil, belgilashlar, fayllar, tokenlar, buyurtmalar bilan bog'liqlik) o'chiriladi.
Faqat klub va marafonlarning umumlashtirilgan, anonim statistikasi(masalan, «oktyabr marafonida 240 kishi qatnashdi») saqlanib qoladi — unda sizni aniqlash mumkin bo'lgan hech narsa yo'q.
11Bolalar
Yangiodat 13 yoshga to'lmagan bolalar uchun mo'ljallanmagan va biz ulardan ataylab ma'lumot yig'maymiz. Agar 13 yoshga to'lmagan bola hisob ochganini bilib qolsangiz, bizga xabar bering — hisob o'chiriladi.
12Sizning huquqlaringiz
- Ko'rish va tahrirlash — ism, rasm, vaqt mintaqasi, bildirishnomalar, ulangan hisoblar: Sozlamalar bo'limida;
- Ruxsatlarni boshqarish — joylashuv, kamera, bildirishnoma: qurilma sozlamalarida;
- Hisobni o'chirish — ilova ichida (Profil → Sozlamalar → «Hisobni o'chirish») yoki /hisobni-ochirish sahifasidagi tartib bo'yicha;
- Savol va so'rovlar — t.me/yangiodat_support orqali; 7 kun ichida javob beramiz.
13O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va tepadagi «oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi. Mohiyatli o'zgarishlar haqida ilova ichida ham xabar beramiz.
Aloqa: t.me/yangiodat_support · Sayt: www.yangiodat.uz