YangiodatSaytga o'tish →
Huquqiy hujjat

Foydalanish shartlari

Yangiodat — yangi odat boshlash va uni oxirigacha olib borish platformasi. Bu shartlar www.yangiodat.uz sayti va «Yangiodat» ilovasidan foydalanishda siz bilan bizning o'rtamizdagi kelishuvdir.

Oxirgi yangilanish: 2026-10-06

Mundarija

  1. 01Shartlarni qabul qilish
  2. 02Hisob
  3. 03Halol foydalanish
  4. 04Pro obuna
  5. 05Kontent va huquqlar
  6. 06Xizmat «qanday bo‘lsa shunday»
  7. 07Hisobni to'xtatish
  8. 08Shartlarning o'zgarishi
  9. 09Aloqa

01Shartlarni qabul qilish

Saytga yoki ilovaga kirib, hisob ochganingizda siz ushbu shartlarni va Maxfiylik siyosatiniqabul qilgan hisoblanasiz. Rozi bo'lmasangiz, platformadan foydalanmang.

Platformani Yangiodat platformasi egasi (keyingi o'rinlarda — «biz») boshqaradi. Mehmon sifatida ko'p sahifalarni ko'rish mumkin; amal bajarish (belgilash, qo'shilish, yaratish) uchun hisob kerak.

02Hisob

  • Hisob faqat Google, Apple yoki Telegram orqali ochiladi. Parol yo'q — hisob xavfsizligi tanlagan provayderingizdagi xavfsizlikka bog'liq.
  • Bir kishi — bir hisob. Reyting, duellar va klub natijalari halol bo'lishi uchun ikkinchi hisob ochish taqiqlanadi. Bir necha provayderni bitta hisobga ulash mumkin va tavsiya etiladi.
  • Hisob shaxsiy: uni boshqaga berish, sotish yoki birga ishlatish mumkin emas.
  • Ismingiz va @username boshqalarga ko'rinadi — haqoratli, aldamchi yoki boshqa shaxs nomidan yozilgan ism ishlatmang.
  • Platformadan foydalanish uchun kamida 13 yoshda bo'lishingiz kerak.

03Halol foydalanish

Yangiodat'ning butun ma'nosi — haqiqiy odat, haqiqiy natija. Shuning uchun quyidagilar taqiqlanadi:

  • Soxta belgilash — bajarilmagan ishni bajarilgan deb belgilash, qadam yoki masofani sun'iy oshirish, GPS'ni soxtalashtirish, avtomatik skriptlar;
  • Duelda aldash — soxta isbot rasmi, boshqa odamning rasmi, bir xil isbotni qayta ishlatish;
  • Jamiyatda hurmatsizlik — fikrlar, duellar yoki klublarda haqorat, tahdid, kamsitish, spam, reklama;
  • Boshqalarning kontentini ruxsatsiz nusxalash yoki o'z nomidan e'lon qilish;
  • mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitoblarni egasining ruxsatisiz yuklash va tarqatish;
  • platformani buzish, xavfsizlik tizimini chetlab o'tish, boshqalarning hisobiga kirishga urinish.

Qoidabuzarlik aniqlansa, biz belgilashlarni bekor qilish, natijani reytingdan olib tashlash, duel yoki marafondan chetlatish, kontentni o'chirish yoki hisobni butunlay yopish huquqiga egamiz — ogohlantirishsiz, agar holat jiddiy bo'lsa.

04Pro obuna

Pro — platformaning pullik darajasi: barcha challenge'lar va shaxsiy challenge yaratish, Moliya bo'limi, klub materiallari, to'liq statistika. Pro'ga nima kirishi aniq ro'yxati /app/prosahifasida va ilovada ko'rsatiladi.

  • Tariflar oylik (bir necha oylik paketlar). Joriy narxlar to'lov oldidan ko'rsatiladi; narx o'zgarsa, allaqachon to'langan muddatga ta'sir qilmaydi.
  • To'lov faqat Click yoki Payme orqali. To'lov provayder tomonidan tasdiqlanishi bilan Pro avtomatik yoqiladi; buyurtma holatini ilovada ko'rasiz.
  • Avtomatik yangilanish yo'q. Karta ma'lumotlari saqlanmaydi va muddat tugaganda pul yechilmaydi. Pro belgilangan sanada tugaydi; davom ettirish uchun yangi tarif to'laysiz — qolgan kunlar ustiga qo'shiladi.
  • Qaytarish. Pro yoqilgandan keyin to'lov qaytarilmaydi, qonun talab qiladigan hollar bundan mustasno. To'lov o'tgan-u Pro yoqilmagan bo'lsa — yordam kanaliga yozing, buyurtma raqami bilan tekshirib tuzatamiz.
  • Hisob qoidabuzarlik tufayli yopilsa, qolgan Pro kunlari qaytarilmaydi.
Mobil ilovada ham Pro aynan shu tariflar va shu to'lov usullari bilan ishlaydi; ilova ichida karta ma'lumotlari so'ralmaydi.

05Kontent va huquqlar

Sizning kontentingiz

Yuklagan rasmlaringiz, PDF fayllaringiz, fikrlaringiz va yozuvlaringiz — sizniki bo'lib qoladi. Ularni platformaga joylash bilan siz bizga ularni platforma ichida saqlash, ko'rsatish va xizmat ishlashi uchun qayta ishlash (masalan, rasm hajmini kichraytirish, duel kartochkasiga joylash) huquqini berasiz. Bu huquq kontentni o'chirganingizda yoki hisobni yopganingizda tugaydi (anonim umumiy statistika bundan mustasno).

Siz yuklagan kontent uchun javobgarlik sizda: u boshqalarning huquqini buzmasligi kerak.

Bizning kontentimiz

Platformaning dizayni, metodlar matni, konspektlar, klub materiallari, maskot va brend — Yangiodat'ga tegishli. Ularni shaxsiy foydalanish uchun ko'rish mumkin; nusxalab tarqatish, sotish yoki boshqa mahsulotda ishlatish ruxsatsiz mumkin emas.

06Xizmat «qanday bo‘lsa shunday»

Yangiodat o'z-o'zini rivojlantirish vositasi — tibbiy, moliyaviy yoki yuridik maslahat emas. Sport challenge'lariga qo'shilishdan oldin sog'lig'ingizni hisobga oling; Moliya bo'limi — shaxsiy daftar, buxgalteriya hisoboti emas.

Xizmat «qanday bo'lsa shunday» ko'rsatiladi. Biz uzluksiz ishlashga harakat qilamiz, lekin texnik uzilishlar, uchinchi tomon xizmatlari (Supabase, Vercel, to'lov provayderlari, Google, Apple, Telegram) ishlamay qolishi yoki ma'lumot yo'qolishi bo'lmasligiga kafolat bera olmaymiz. Qonun ruxsat bergan chegarada bizning javobgarligimiz siz oxirgi 12 oyda Pro uchun to'lagan summa bilan cheklanadi.

07Hisobni to'xtatish

Siz hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin — tartib /hisobni-ochirishsahifasida. O'chirish qaytarib bo'lmaydi va qolgan Pro kunlari qaytarilmaydi.

Biz ushbu shartlar buzilganda, qonun talab qilganda yoki xizmatni to'xtatganimizda hisobni yopishimiz mumkin. Xizmat butunlay to'xtatilsa, kamida 30 kun oldin xabar beramiz.

08Shartlarning o'zgarishi

Shartlar o'zgarsa, yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va «oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi. Siz uchun muhim o'zgarishlar (masalan, Pro shartlari) haqida ilova ichida ham xabar beramiz. O'zgarishdan keyin platformadan foydalanishda davom etish — yangi shartlarga rozilik.

09Aloqa

Savol, taklif yoki shikoyat: t.me/yangiodat_support. Sayt: www.yangiodat.uz.

Shuningdek:Maxfiylik siyosati →Hisobni o'chirish →
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariHisobni o'chirish
Qo'llab-quvvatlash

© 2026 Yangiodat · www.yangiodat.uz · Savollar uchun: t.me/yangiodat_support